🎵 Qoʻshiq matnlari

Ortiq Otajonov - Xorazmning lazgisiga

4.5K marta oʻqildi
Ortiq Otajonov - Xorazmning lazgisiga
Xorazm elining boyligi lazgi,
Qadim xazinasin mulkidir lazgi.
Lazgiga raqs etar ellar basma-bas,
Keksami-yoshmidi, kuy yangrasa bas.
Lazgidan zavq olur dillar har nafas,
Qalblarga joylangan sevgidir lazgi.
Davraga tush, davraga tush,
Qanot yozib misoli qush. (x2)
Oʻynaganlar boʻladi xush
Xorazmning lazgisiga.
Quyosh bilan talashadi,
Koʻrgan koʻzlar qamashadi,
Shoʻx oʻynagan yarashadi,
Xorazmning lazgisiga.
Shoʻx oʻynagan yarashadi,
Xorazmning lazgisiga. {x2}
Soz bilan roz oʻladi,
Yo inshi deb noz oʻladi,
Hirom etsang yoz oʻladi,
Xorazmning lazgisiga.
Sogʻinsang yor jamolini,
Koʻray desang kamolini,
Raqsga ulab visolini,
Xorazmning lazgisiga.
Jayhun kirar dilga koʻchib,
Toʻlqin urib toshib, joʻshib,
Oʻynasangchi qalbing qoʻshib,
Xorazmning lazgisiga.
Hazil bilan soʻylashasan,
Bulbul bilan kuylashasan,
Olov boʻlib oʻynashasan,
Xorazmning lazgisiga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!