🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon feat. Nilufar Usmonova - Barcha shodlik

2K marta oʻqildi
Shohruhxon feat. Nilufar Usmonova - Barcha shodlik
Barcha shodlik senga boʻlsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sogʻlik senga boʻlsin,
Barcha bemorlik menga.
Senga boʻlsin barcha husnu,
Menga boʻlsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga boʻlsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
Ol oʻzing koshonalarni,
Menga qoʻy mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.
Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik boʻlsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.
Senga boʻlsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga boʻlsin,
Bor tikanzorlik menga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!