🎵 Qoʻshiq matnlari

Sevara Nazarkhan - Netay

1.7K marta oʻqildi
Sevara Nazarkhan - Netay
Netay, sogʻlar ichra xastadir bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dog’ inib.
Tun boʻyi qalbimni qiynadi armon,
Tun boʻyi yigʻladim seni sogʻinib.
Qaydadir sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.
Bahorda gullari toʻkilgan daraxt,
Yana meni kutsin, ayt, qahratonda.
Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir soʻzingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Azizim, faqat sen yosh toʻkma sira,
Men-ku shirin darddan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman shu hayot ichra –
Seni hayotdan ham koʻproq sevoldim.
Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul boʻlib.
Tun boʻyi uyquga xiyonat qildim,
Tun boʻyi yigʻladim seni sogʻinib.
Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir soʻzingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul boʻlib.
Tun boʻyi uyquga xiyonat qildim,
Tun boʻyi yigʻladim seni sogʻinib.
Dunyoni keng derding…
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir soʻzingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!