🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Nega

1.6K marta oʻqildi
Shohruhxon - Nega
Quvlaydi ertalabdan kechgacha ovozing,
Tun boʻyi esa tonggacha chorlar nigohing.
Seni bir zumga ham oʻylamay qoʻymayman,
Unutolmayman nega?
Qayerdadir yuraman sen bilan xayolda,
Termulaman, xonamning toʻrida rasming.
Haydayman aqlimdan unutgin meni,
Alvido deganlaring.
Vaqt oʻtib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi boʻldim koʻngling, xayolingni.
Lekin hech yoʻl topa olmadim
Yuragingga men, o’-o’…
Vaqt oʻtib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi boʻldim koʻngling, xayollaringni.
Lekin hech yoʻl topa olmadim
Yuragingga men, nega, nega, nega? Nega?
Es-hushim yigʻolmayman, asabim qolmagan,
Borgan sari bardoshim tugar, sogʻinch qiynar.
Ilojsiz joydan iloj izlayman,
Baribir unutolmayman nega?
Bunchalar dil ozorsan, yurasan beparvo,
Qiziqmas senga hech kimning ahvoli aslo.
Tasavvur qilolmayman,
Ne uchun xira sensiz dunyo?
Vaqt oʻtib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi boʻldim koʻngling, xayolingni.
Lekin hech yoʻl topa olmadim
Yuragingga men, o’-o’…
Vaqt oʻtib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi boʻldim koʻngling, xayollaringni.
Lekin hech yoʻl topa olmadim
Yuragingga men, nega, nega, nega? Nega?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!