Ummon - Xazon

Yolgʻizlik qiynama,
Men yolgʻiz va hech kimsa
Bir holimni soʻramas,
Dardimga parvo qilmas.
Koʻzlarim yigʻlama,
Yoshligim, achinma,
Endi ul oʻzgalarda,
Sevgilim uzoqlarda.
Dardimga yoʻqdir poyon,
Oʻzim oʻzimga doʻstman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.
Koʻzlarimdan oqqan xazon,
Orzularim boʻldi hijron,
Nahotki, unutding oson?
Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Koʻzimdan xazon oqadi,
Nega yolgʻiz etgansan? (x2)
Koʻzlarim soʻnggi bor
Uni koʻrsaydi bir bor,
Bir zum taskin toparmidi,
Bir soniya quvonchlanarmidi.
Yuragim soʻrar zor
Uni qaytar deb bir bor.
Lekin qoʻlimdan kelmas,
Uni qaytarib boʻlmas.
Dardimga yoʻqdir poyon,
Oʻzim oʻzimga doʻstman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.
Koʻzlarimdan oqqan xazon,
Orzularim boʻldi hijron,
Nahotki, unutding oson?
Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Koʻzimdan xazon oqadi,
Nega yolgʻiz etgansan? (x2)
Men yolgʻiz va hech kimsa
Bir holimni soʻramas,
Dardimga parvo qilmas.
Koʻzlarim yigʻlama,
Yoshligim, achinma,
Endi ul oʻzgalarda,
Sevgilim uzoqlarda.
Dardimga yoʻqdir poyon,
Oʻzim oʻzimga doʻstman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.
Koʻzlarimdan oqqan xazon,
Orzularim boʻldi hijron,
Nahotki, unutding oson?
Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Koʻzimdan xazon oqadi,
Nega yolgʻiz etgansan? (x2)
Koʻzlarim soʻnggi bor
Uni koʻrsaydi bir bor,
Bir zum taskin toparmidi,
Bir soniya quvonchlanarmidi.
Yuragim soʻrar zor
Uni qaytar deb bir bor.
Lekin qoʻlimdan kelmas,
Uni qaytarib boʻlmas.
Dardimga yoʻqdir poyon,
Oʻzim oʻzimga doʻstman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.
Koʻzlarimdan oqqan xazon,
Orzularim boʻldi hijron,
Nahotki, unutding oson?
Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Koʻzimdan xazon oqadi,
Nega yolgʻiz etgansan? (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!