Sevara Nazarkhan - Kunlarim sensiz

Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi toʻldik,
Toʻle tilab zor-zor qoldi bu qoʻllar.
Biz bitta yurakka aylanib boʻldik,
Ikkiga ajralmay tursaydi yoʻllar.
Umr shirin qoʻrquv, kechmas behadik,
Sogʻinch sovgʻa boʻldi taqdirimizga.
Bizlar birga boʻlish uchun sevmadik –
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga.
Ammo gʻam chekmoqlik bobida tengsiz
Bu yurak sogʻinchni kaftida tutar.
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana shuncha umr oldinda kutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi toʻldik,
Tole tilab zor-zor qoldi bu qoʻllar.
Biz bitta yurakka aylanib boʻldik…
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi toʻldik,
Toʻle tilab zor-zor qoldi bu qoʻllar.
Biz bitta yurakka aylanib boʻldik,
Ikkiga ajralmay tursaydi yoʻllar.
Umr shirin qoʻrquv, kechmas behadik,
Sogʻinch sovgʻa boʻldi taqdirimizga.
Bizlar birga boʻlish uchun sevmadik –
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga.
Ammo gʻam chekmoqlik bobida tengsiz
Bu yurak sogʻinchni kaftida tutar.
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana shuncha umr oldinda kutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi toʻldik,
Tole tilab zor-zor qoldi bu qoʻllar.
Biz bitta yurakka aylanib boʻldik…
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!