Otabek Mutalxoʻjaev - Xazon

Xazon ingrar qadamimda,
Xiyobonlar yolgʻiz kezdim,
Gʻam bilmagan bola edim,
Bugun koʻnglim gʻarib sezdim. (x2)
Qaydan seni uchratdim man,
Tanimasam boʻlmasmidi?
Buncha senga bogʻlandim man,
Sevgi uchar yelmasmidi?
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yigʻlar zor-intizor,
Bagʻrim ezar rashkim mani. (x2)
Koʻngil zori, dil ozori,
Umidsiz sevgi azobi.
Hech ketmaydi xayolimdan,
Mast qildimu ishq sharobi? (x2)
Oʻynar shodon favvoralar,
Mening holim bilmaydilar,
Tuygʻularim ovoralar –
Xazonlarga oʻxshaydilar.
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yigʻlar zor-intizor,
Bagʻrim ezar rashkim mani. (x2+x4)
Xiyobonlar yolgʻiz kezdim,
Gʻam bilmagan bola edim,
Bugun koʻnglim gʻarib sezdim. (x2)
Qaydan seni uchratdim man,
Tanimasam boʻlmasmidi?
Buncha senga bogʻlandim man,
Sevgi uchar yelmasmidi?
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yigʻlar zor-intizor,
Bagʻrim ezar rashkim mani. (x2)
Koʻngil zori, dil ozori,
Umidsiz sevgi azobi.
Hech ketmaydi xayolimdan,
Mast qildimu ishq sharobi? (x2)
Oʻynar shodon favvoralar,
Mening holim bilmaydilar,
Tuygʻularim ovoralar –
Xazonlarga oʻxshaydilar.
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yigʻlar zor-intizor,
Bagʻrim ezar rashkim mani. (x2+x4)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!