Tushda Temir koʻrsa / Тушда Темир курса

Temir - urush, qarama-qarshilik, dushmanlik, hokimiyat belgisidir. Boshi temirga mustahkamlangan kishini tushga kirishi - mamlakatda xokimiyatga intilayotgan mayda guruxlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlanishining belgisi. Qoʻllarida xar xil temir qurollar boʻlgan bolalar tushingizda koʻrinsa - bu qullik, oʻzga yurtlar tomonidan mamlakatni bosib olinishidan dalolat beradi. Temir zirxli xasharotni majaqlashga urinish - eʼtiborga ega pastkash kishining oʻz niyatlarini amalga oshira borishini, chunki u kundan-kunga oʻz mavqeini yanada kuchliroq mustahkamlab borishini bildiradi. Agar tushda oltindan koʻra temir qimmat baholanayotganligi koʻrinsa, bu tush avgust oyida vaqtincha tuzilgan sulxning aprel oyida barbod boʻlishini bildiradi va qurollarni shaylash kerak boʻladi, chunki urushga tuda tayyorgarlikgina xar bir raqibning bosqin qilish niyatini tuxtatib turishi mumkin.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!