🌙 Tush tabiri

Tushda Balchiq koʻrsa / Тушда Балчик курса

1 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Tushda Balchiq koʻrsa / Тушда Балчик курса
Balchiq - boylik, qizgʻin faoliyat, voqealarga toʻlalik, gʻiybatlar alomatidir. Tushda oʻtib boʻlmas balchiqni koʻrish - bu kishilarning boshi va jismi omadsizlikdan darmoni qurigan nomunosib bir paytda yogʻilib keladigan quyuq bulut, ogir davr va kasalliklar belgisidir. Agar tushga balchiq bosib yotgan shahar kirsa - bu nafaqat moddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, balki yoʻlboshchilarning oʻlimi yoki ishdan boʻshatilishiga sabab boʻlib qoladigan tabiiy ofatlar, quyun dovulni bildiradi. Balchiqda yotgan tilla tangani tushda koʻrish - oʻngda koʻpdan-koʻp avlodlar tomonidan topilgan moddiy boylikni sarflovchi va oʻz boshqaruvida cheksiz shuhratparastlikni namoyish etuvchi nomunosib kishining sajda qilishi va xurmatidan dalolat beradi. Tushda oʻziga balchiq chaplayotgan kishini koʻrish - oʻngda kishilarni qiynaydigan kasallik belgisi boʻlib, unga dori-darmon yoʻqligi uchun va kishilar tabiiy kuchlar yordamida davolanish uchun shaharlardan ketadilar. Likopchadan balchiq agʻdarayotganlikni tushda koʻrish - boylik va umuman gullab-yashnash, betashvishlik va taʼminlanganlik davri boshlanganligidan dalolatdir. Agar tushda bolalar balchiqda oʻynayotganliklari koʻrinsa, bu shaharlarning oʻzlaridan hayot shakllarini yoʻqotishi natijasida odamlarning tabiatga yaqinlashishni xoxlab qolganliklari belgisidir. Qoʻldagi loyni yuvishga urinish - bu katta pul, boylik, ishdagi omaddan dalolatdir. Agar tushingizda loyni bosib olganingizni koʻrsangiz - oʻngda sizning zaifligingiz xar xil ovozalar va uydirmalarga sabab boʻladi. Balchiqqa qulab tushish - sizning uylamay qilgan harakatingiz yaqinlaringiz bilan janjallashuv sababi boʻladi. Libosni balchiq bilan boʻlganishi - tuxmat va igʻvodan dalolatdir. Poyafzalingiz loy boʻlganligini tushda koʻrsangiz dushmanlik va oraga sovuqlik tushshini bildiradi. Vazmin boʻling, janjalga kirib qolishingizdan extiyot boʻling. Balchiqda boʻlgangan kiyimni yuvish - sizning obru-eʼtiboringiz xavf-xatar ostidaligini bildiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!