Tushda Soatlar koʻrsa / Тушда Соатлар курса

Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning oʻtmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon boʻlishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat boʻlishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi - kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan oʻzgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qoʻl soatini koʻrsangiz, bunday tush oʻylab qoʻyganlaringizni roʻyobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari oʻz islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yoʻq soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni koʻrish - yomon alomat. Siz bilan roʻy beradigan voqealar odatdagiga oʻxshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish - yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam koʻrsatilsa, shunchalik yaxshi boʻladi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!