Tushda Sham koʻrsa / Тушда Шам курса

Sham ishonch, shinamlik, xayolparastlik, xissiyot, tarkidunyochilik alomatidir. Agar tunda deraza oldida sham yorugʻi koʻrinayotganligi tushingizga kirsa - bu, yoshingiz oʻtganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq intizorlik bilan kutilgan odam boʻlishingiz alomatini bildiradi. Koʻchada sochilib yotgan nim shamlarni terib olayotganligingiz tushga kirsa - din tarafdorlari ogʻir iqlimli joyga surgun qilish bilan bogʻliq kulfatdan dalolat. Agar osmondan sham yorugʻligi kabi yorugʻlik nurlanib turganligi tushga kirsa - kutilmagan xar qanday voqealarni qarshi olishga tayyor turing. Yangi bilimlarni olarkansiz, uning yordamida unga muxtoj kishilarga yordam bering. Sham bilan borayotgan marosim qatnashchilarini tushda koʻrish - bu shunday xabarki, baxorda roʻy beradigan va koʻpchilikning umriga zomin boʻladigan va motam eʼlon qilinadigan baxtsizlikdan ayon etadi. Sham bilan yoritilgan koʻchadan borayotganlikni tushda koʻrish, bu sizning sevib qolishingiz xali oldinda ekanligining belgisidir. Son-sanoqsiz yonib turgan shamlar oʻrnatilgan shamdonni sovgʻaga olish - bu tush eng ogʻir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay, sizga nafaqat oʻzingizning, balki fazoviy quvvatni oʻzingizda mujassamlashtirishga yordam berish alomatidir. Koʻzida yonib turgan sham aks etgan boʻri tushga kirsa, dinni niqob qilib olgan va oʻzini maʼnaviyat kurashchisi qilib koʻrsatuvchi, boyishga qaror qilgan, ezgulikni niqob olib hokimiyatga intilayotgan kishidan ehtiyot boʻlishni bildiradi. Qattiq shamol barcha shamlarni oʻchirayotganligini tushda koʻrish - maʼnaviy yuksalish va yangilanishga bogʻliq maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit beruvchi yovuzlikdan dalolat beradi. Shamni yoqishga bexuda urinayotganligi tushga kirsa -bu xar qadamda taʼqib qiluvchi va noqulay pallada tusatdan zabt etadigan xavfdan shoxidlik beradi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!