💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Telegramda spamdan chiqish uchun nima qilish kerak - yoʻriqnoma

2 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
Telegramda spamdan chiqish uchun nima qilish kerak - yoʻriqnoma
Koʻp hollarda foydalanuvchi spam uchun telegrammda «bloklab» qoʻyiladi, bunday vaziyatda nima qilish kerakligini esa aslo bilmaydi. Agar siz har kuni oʻnlab foydalanuvchilarning tinchini buzadigan kishi boʻlmasangiz, telegram administratorlari sizga albatta bu muammoni hal qilishda yordam beradi.

Spamga tushib qolish sababini bilish uchun maxsus botga yozishingiz mumkin. U sizga cheklov qoʻyilishning aniq vaqtini taqdim etadi, siz esa oʻsha kundan oldin nima qilganingizni yodga olishingiz mumkin.

Eng keng tarqalgan sabab — notanish foydalanuvchilarga ommaviy xabarlar yuborishdir. Har kim ham bezovta qiladigan xabarlarni yoqtirmaydi — ular shunchaki ustingizdan shikoyat qilishgan boʻlishlari mumkin.

Koʻplab shikoyatlar administratorlar uchun signal boʻlib xizmat qiladi — moderatorlar foydalanuvchini vaqticha bloklab qoʻyishadi. Agar siz akkauntdan foydlanishda davom etmoqchi boʻlsangiz, 1 hafta kutish kerak. Bu davr moderatorlar cheklovni bekor qilishga rozi boʻlishlari uchun yetarlidir.

Agar siz telegramdan chindan ham spam uchun foydalangan boʻlsangiz, endida faqat kutish talab etiladi. Moderatorlar, hatto texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatiga uzr soʻrab murojaat xati yozsangiz ham cheklovni darhol olib tashlay olmaydi.

Messenjerning rasmiy veb-saytida har qanday holatda ham kamida hafta kutish kerakligi qayd qilingan. Agar bu muddatdan oldin xat yuboradigan boʻlsangiz, qoʻllab-quvvatlash xizmati shunchaki javob bermaydi.

SPAMDAN CHIQISH USULI
Agar hech qanday qoidani buzmaganingizga amin boʻlsangiz, portalning rasmiy pochta manziliga murojaat qiling. Muhim dalillar mavjud boʻlsa, akkauntdagi cheklov darhol olib tashlanishi mumkin. Shuni esda tutingki, javob darhol kelmasligi mumkin — texnik operatorlar butun dunyo boʻylab joylashgan kichik guruhdan iborat. Baʼzi hollarda foydalanuvchilar javob olguncha spamdan chiqib boʻlgan boʻladi.

Baʼzida xabar ketmasligi telegram serverlarida olib borilayotgan texnik ishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Muammo birinchi marta yuzaga kelayotgan boʻlsa, 10-15 daqiqadan keyin qayta urinib koʻrish kerak.

Agar foydalanuvchi doimiy ravishda spam qilishda davom etsa, u abadiy cheklov ostida qolish ehtimoli mavjud. Bunday holda texnik qoʻllab-quvvatlash yordam bermaydi. Yagona usul — bu yangi akkaunt ochish.

Agar bloklanish sababini bilmoqchi boʻlsangiz, telegramda spam-bot`ga yozishingiz mumkin. U bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligi, cheklov sababi va davomiyligi boʻyicha batafsil koʻrsatma beradi. Amallar ketma-ketligi:

1.Qidiruv maydoniga @spambot soʻzini kiriting.
2.Suhbatni boshlash uchun bot ustiga bosing.
3.Botning bergan javobi bilan tanishib chiqing.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!