💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar

2 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar
1997 yilda ekran yuzini koʻrgan Titanik filmi 11 ta Oskarni oldi va 12 yil davomida kino tarixidagi eng kassabop film unvonini egalladi. Dunyoga esa yosh aktyor Leonardo Di Kaprioni tanitdi. Titanik filmi haqida qancha gapirsak shuncha kam. Agar bu filmdagi kadrlar qanday suratga olinganligi bilan qiziqsangiz, bizning maqoladagi fotosuratlarga qarang, ular bir nechta sirlarni ochib beradi.

Ajablanarli darajada katta kema
"Titanik" deyarli kompyuter grafikasidan foydalanmasdan suratga olingan. "Choʻkish" sahnasi haqiqiy kema modellari yordamida suratga olingan. Shunchaki hammasi tabiiy mashtabda olinmagan halos. Baʼzi sahnalarda ular juda kichik qayiqdan foydalanishgan, oʻlchamini esa fotosuratdagi odamlar bilan taqqoslasangiz boʻladi.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarKaskadyorlarning mashaqqatli mehnati
Filmdagi eng qiyin saxna kemaning singan qismi vertikal holatda koʻtarilgan voqea edi. Buni esa faqat pavilonda suratga olish mumkin edi.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarBaʼzi joylarda manekenlar ham ishlatilgan. Oldindan tayyorlangan kaskadyorlarga ham bu ijro oson boʻlmagan. Keyinchalik film yaratuvchilarining taʼkidlashicha, kamida uch kishi ushbu sahnani suratga olish paytida yiqilib tushgan.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarFilmni suratga olish aktyorlarni biroz charchatdi, shuning uchun ular dam olishga qarshi emasdilar. Hattoki liftning manzarasida ham.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarAmmo raqsga vaqt kelganda, hatto rejissor kadr ichiga kirib ketadi.
Kameron suratga olish jarayonini sinchkovlik bilan nazorat qilgani uchun u tez-tez kadrga kiradi. Bu yerda unga raqsga tushayotgan aktyorlardan ham qiziqarlidek tuyuldi.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarMana buni drama desa boʻladi!
Filmda bu manzara juda dramatik koʻrinadi - Jek balandlikdan yiqilib tushayotgan Roseni paluba tomon tortadi. Biroq, suratga olish jarayonida hamma narsa unchalik ham dahshatli koʻrinmadi. Yiqilish masofasi baland emas edi va agar biror narsa notoʻgʻri ketsa, aktrisa Kate Uinsletni ushlashga tayyor boʻlgan yordamchini (zerikib ketgan) koʻrishingiz mumkin.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarKameron ushbu sahnani shaxsan oʻzi yaratdi. Qoʻllarning burchagiyu, qahramonlarning boshini burilganini deyarli millimetrgacha oʻzi saxnalashtirdi.Tizza chuqurligidagi dengiz
Tizza emaskuya beldan keluvchi dengiz, shundaymi? Biroq chuqur koʻrinishni bera olgan. Filmning soʻnggi sahnalari, Rose va Jek suvga tushib qolishganida, ular bir metrga yaqin chuqurlikdagi suratga tushishdi.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarKameron taxsinga sazovor rejissor, boisi u suvda qahramonlari bilan tengma teng mehnat qildi. Toʻgʻri, ulardan farqli oʻlaroq, u odatda suv oʻtkazmaydigan shim va etiklarda (issiqroq kiyingan) edi.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlarJamoadagi hamma hoʻl edi, hatto pardoz ustalari ham. Baʼzan qahramonlarning grimini suvda tuzatishga majbur boʻldilar.
Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!