🎵 Qoʻshiq matnlari

Jahongir Otajonov - Bevafo

2.2K marta oʻqildi
Jahongir Otajonov - Bevafo
Oʻylamaysan sen naxot,
Ne kechdi deb dilidan.
Kapalak xam kelib,
Xol soʻraydiku gulidan.

Sitamlar yetsang xamki,
Umidlar oʻlmadi.
Bir tutam choʻg' izlayman
Muxabbatning kulidan.

Qandoq ajratay sendan
Koʻksimdagi boshimni.
Daryo qilib oqizding
Koʻzimda yoshimni.

Koʻz yoshimga yuvinib,
“Taqdir”, deyman ovuna.
Dilim ogʻrib teraman
Boshimdagi toshimni.

Bevafo, bevafo, bevafo,
Dardlar mengamas!
Bevafo, bevafo, bevafo,
Men nechun sevaman?

Umr degan toʻhtamas
Gumon kelgan dam bilan.
Turmush gʻori yorishar
Mexr degan sham bilan.

Qancha istasang, shuncha
Bahtli boʻl sen, sevgilim.
Bahting naxot but boʻlar
Koʻnglingdagi kam bilan?

Oʻylamaysan sen naxot,
Ne kechdi deb dilidan?
Kapalak xam kelib,
Xol soʻraydiku gulidan?

Sitamlar yetsang xamki,
Umidlar oʻlmadi.
Bir tutam choʻg' izlayman,
Muxabbatning kulidan.

Bevafo, bevafo, bevafo,
Dardlar mengamas!
Bevafo, bevafo, bevafo,
Men nechun sevaman?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!