🎵 Qoʻshiq matnlari

Umidaxon - Haligacha

2.3K marta oʻqildi
Umidaxon - Haligacha
Bilasan, bila turib sen ataylab qilasan,
Xech nima boʻlmagandek yana kulasan.
Mayli deb indamadim, xali koʻrasan,
Boʻladi boshqacha tomosha.

Bilasan, mani bu rashkimni balki tushunasan,
Bir kun kelib, qadrimga yetasan.
Mayli, deb indamadim, xali koʻrasan,
Oʻjarman oʻzimga yarasha.

Uni demadim, buni demadim,
Indamadim, hatolarini birma-bir sanadim.
Boʻladi xammasi, deb yana chidadim,
Daragi yoʻq, nega xaligacha? (x2)

Xali-xali, xaligacha, bugunmi, erta-kecha,
Tugamadi baxona, boʻlar endi boʻlganicha.
Goxida kechgacha yokida beshgacha,
Xaligacha vaʼda, yana-yana vaʼda. (x2)

Uradi yuragim tez, tez, tez yana,
Uradi, nimadir boʻlishini oldindan sezadi.
Yana kelib, kayfiyatim balki buzadi,
Boʻladi boshqacha tomosha.

Vaʼdalar, tinmasdan beraveradi nega vaʼdalar?
Lekin unutib, qilaveradi u zardalar.
Yuragimga beradi yana-yana zarbalar,
Oʻzgarish yoʻq, nega xaligacha?

Uni demadim, buni demadim,
Indamadim, hatolarini birma-bir sanadim.
Boʻladi xammasi, deb yana chidadim,
Daragi yoʻq, nega xaligacha? (x2)

Xali-xali, xaligacha, bugunmi, ertagacha,
Tugamadi baxona, boʻlar endi boʻlganicha.
Goxida kechgacha yokida beshgacha,
Xaligacha vaʼda, yana-yana vaʼda. (x2+x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!