💔 Ayriliq haqida sherlar

Olislarga boshim, olib ketayin...

2.8K marta oʻqildi
Olislarga boshim, olib ketayin...
Olislarga boshim, olib ketayin,
Koʻrmagansiz mendek nochor bir gʻarib.
Sevmasangiz sevmang, mayli netayin,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !

Har kimning oʻz suygan yori bor,
Sizni sevgan bu yurakni zori bor.
Ul mushtipar, onaginam zori bor,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !

Yaxshi kunlar oʻtdi, misli tushdayin,
Gaplaringiz botar nina, nishdayin.
Titrab turgan chorasiz bir qushdayin,
Yuragimni bering, faqat qaytarib ! ! !

Ich-ichimni oʻrtar nola, alamlar,
Qalbim tutar sizga, jonim motamlar.
Nima desa-desin mayli odamlar,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !

Orzularim, sarob ekan orzumas,
Tuygʻungiz xam oʻtkinchidir tuygʻumas.
Iltimosim, iltijoim, arzimas,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! !

Olislarga boshim olib ketayin,
Koʻrdingizmi meni nochor bir gʻarib?
Sevmasangiz sevmang mayli netayin,
Yuragimni bering faqat qaytarib ! ! ! .
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tukildim
Ayriliq haqida sherlar

Tukildim

11-noyabr, 20199.4K