Muhabatim men uchun bir armon endi

Muhabatim men uchun bir armon endi.
Orzularim chechagi goʻyoki soʻldi,
Nafis, goʻzal tuygʻular dilimda oʻldi.
Oʻz taqdirim ustimdan beayov kuldi,
Oshiqma dil, ketib boʻldi karvon endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Telba kuyga tentiragan telbadekman,
Inson qadam tashlamagan kulbadekman,
Bogʻlarida yantoq oʻsgan oʻlkadekman.
Bemor dilga topolmasman darmon endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Yal – yal yondi yorning yuzi meni kutib,
Borib uni qucholmadim yurak yutib.
Eslaganda goho qolar jinim tutib,
Iztirob-u azoblarga yorman endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Endi mudom qalbimda bir alam yotar,
Yonboshimda dardlashguvchi qalam yotar.
Oʻz qismatim oʻz koʻnglimga ogʻir botar,
Samimiy, chin, bir koʻngilga zorman endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Yigʻlama dil, yigʻlagandan dunyo bezor,
Gʻam ahliga boʻlma endi ortiq bozor.
Kulib yasha, garchi darding yigʻlar zor-zor.
Neqilayki, koʻrgiliging hijron endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Orzularim chechagi goʻyoki soʻldi,
Nafis, goʻzal tuygʻular dilimda oʻldi.
Oʻz taqdirim ustimdan beayov kuldi,
Oshiqma dil, ketib boʻldi karvon endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Telba kuyga tentiragan telbadekman,
Inson qadam tashlamagan kulbadekman,
Bogʻlarida yantoq oʻsgan oʻlkadekman.
Bemor dilga topolmasman darmon endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Yal – yal yondi yorning yuzi meni kutib,
Borib uni qucholmadim yurak yutib.
Eslaganda goho qolar jinim tutib,
Iztirob-u azoblarga yorman endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Endi mudom qalbimda bir alam yotar,
Yonboshimda dardlashguvchi qalam yotar.
Oʻz qismatim oʻz koʻnglimga ogʻir botar,
Samimiy, chin, bir koʻngilga zorman endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Yigʻlama dil, yigʻlagandan dunyo bezor,
Gʻam ahliga boʻlma endi ortiq bozor.
Kulib yasha, garchi darding yigʻlar zor-zor.
Neqilayki, koʻrgiliging hijron endi,
Muhabatim men uchun bir armon endi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!