✍️ Sherlar

Shodon demang labim kular dilim vayron

6.5K marta oʻqildi
Shodon demang labim kular dilim vayron
Shodon demang labim kular dilim vayron,
Amali kam jasadimdan havotirman,
Jayron kabi jonim uchun hushim xayron,
Qabrdagi suxbatimdan havotirman.

Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs,
Otash sari yetaklaydi xoyu xavas,
Savoblarim gunoximga kelgaymi bas,
Kecha-kunduz gʻaflatimdan havotirman.

Umr shamdek yonib-yonib tugar ohir,
Ikki malak yelkam uzra mudom xozir,
Neki amal qilgan boʻlsam bari zoxir,
Menga boʻlar savolimdan havotirman.

Fano ichra intixosin topsa yoʻlim,
Shaxodatni aytarmikan sarkash tilim,
Borar joyim boʻlarmikan sokin soʻlim,
Qabr tomon joʻnashimdan havotirman...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!