✍️ Sherlar

Mutlaqo xaqiqatga asoslangan xazil

2 daqiqa 2.7K marta oʻqildi
Mutlaqo xaqiqatga asoslangan xazil
Dunyo buncha tor ekan,
Gʻalvasi bozor ekan.
Birini yengdim desam,
Boshqasi tayyor ekan.

Yo ustidan, ostidan
Emas dushman qasdidan,
Uyim buzilay dedi
Internetning dastidan.

Osonmi sevish, sovish
Shunda boshlandi tashvish.
Mening kandidat erim
Qilyotuvdi Ilmiy ish.

Kompyuterda uzzukun
Ishlab tonglar otardi.
Kerakli maʼlumotni
Internetdan topardi.

Ammasiyu, xolasiga
Ishonib domlasiga,
Xalaqit qilmayin deb
Kirmabman honasiga.

Ihlosla ishlaydilar,
Dilda oʻzga tilak yoʻq.
Qancha vaqt oʻtsa xamki,
Ilmiy ishdan darak yoʻq.

Yupatardim oʻzimni:
,,Xammasi zoʻr boʻladi.
Fanni bilagʻon erim
Ogʻdar- toʻntar qiladi,,.

Bir shubxa- gumon bilan
Miyamni xam ishirdim.
Vaqt keldi, imkon topib
Kopyuterni tekshirdim.

Chala qolgan Ilmiy ish
Bir burchakda yotibdi.
Yosh kandidat chatlarda
Rosa gaplar sotibdi.

Xazilmas, doʻstlar soni
Naq besh minga yetibdi.
Bizning kalbosh, toʻrtkoʻz er
Blogger boʻb ketibdi.

Indamadim, noiloj,
Tishni bosdim tishimga.
Qayoqdagi xonimchalar
Yoqarmish bu kishimga.

Tarmoqdagi ,,sayroq qush,,
Xush soʻz aytmas oʻzimga.
Itdanam yomon boʻlib
Koʻrindida koʻzimga.

Istamadim, urishib,
Obroʻyimni toʻkmoqni.
Payt topib solmoq boʻldim,
Boshiga ur toʻqmoqni.

Tejagan pullarimga,
Bitta telfon olvoldim.
,,Asalika Bebosh,, deb
Profilam ochvoldim.

Gugldan rasm topdim,
Qizcha- oʻn sakkiz yoshli.
Oq badan, sochi silliq,
Humor koʻz, qora qoshli.

Oʻn yil yashagan erla,
Oʻsha kuni ,,doʻstlashdik,,.
U boʻydoq, men ersiz deb
Rosa obdon gaplashdik.

Oʻsha ,,olim,, erimni
Asta-asta oʻrardim.
Zimdan koʻrib xolini
Ich-ichimdan kulardim.

Oʻzi xardam xayol er
Sal sarhusham boʻldiyov.
Oʻn yil yashab oʻzimni
Yana qayta sevdiyov.

Sheʼrlar yozadi tinmay,
Beting qurgʻur afsungar.
Muxabbat shoir qildi
Kasbi oʻzi kimyogar.

Yalinardi tinmasdan:
,,Uchrashaylik, ey, xonim,,.
Dedim: ,,Ilmiy ish bitsin
Qutlashga boray, jonim,,.

Bir yil dam olgan papka
Yana qayta ochildi.
Ilmiy ishning chalasi
Uch oylarda yozildi.

Rux beraman erimga
Xar kun deyman ,,Xormang,jon,,.
Ishtiyoqla ishladi
Jonini berib chunon.

Keldi ximoya kuni,
Oy kuni, xilol kuni.
Ikki pinxon oshiqning
Xaqiqiy visol kuni.

Ximoyaga boryotib
Erim aytmadi xatto.
Kutardi keladi deb
Gul tutib ul xurliqo.

Kulaman miyigʻimda:
,,Kimligimni bilmabsiz.
Hoʻjayin, sovunimga
Xali koʻylak yuvmabsiz,,.

Bordim, atay Syurpriz
Bir dasta gul koʻtarib.
Maʼruza qilar erim
Koʻzi ,,xur,,ni axtarib.

Yozdim soʻnggi hatimni:
,,Kechiring meni, oʻgʻlon.
Siz-ku boʻydoq ekansiz
Men asli erli juvon.

Uch bolam bor, ochigʻi,
Kichigi oʻn yoshida.
Uzr, aytmagan edim
Xammasini boshida.

Uka, hatlaringizni
Erim kecha topvoldi.
Pochchangiz, rosti, boksyor
Sobiq jaxon chempioni.

Ushlasa, oʻldiradi
Yosh joninggiz uvolda.
Bir zarbida shaklingiz
Qoladida devorda.

Maslaxatim, ukajon,
Profilni yoʻq qiling.
Qaytib kirmang tarmoqqa
Koʻnglingizni toʻq qiling,,.
AYBDOR ASAL OPANGIZ!!!

Hatni koʻrgach erginam,
Qora terga botdiku.
Telfoniga tikilib
Besh- oʻn minut qotdiku.

Yoniga borib dedim:
,,Tabriklayman, dadasi,,.
Deydi: ,,Xozir qoʻngʻiroq
Qilmoqchiydim, onasi,,.

,,Aytishingiz shart emas
Sezgan edi yuragim,,.
Ilmiy ish tugʻildi-yu,
Tamom boʻldi ertagim.

Ana, sodda erimning
Bitdi tarmoq gʻalvasi.
Gox deyman: ,,Doktorlikni
qilmaysizmi, dadasi?,,.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!