❤️ Sevgi haqida sherlar

Yolgʻiz seni sevaman faqat

5.3K marta oʻqildi
Yolgʻiz seni sevaman faqat
Extirosga limmo-lim qalbim
Toʻlib boʻlgan orzu muxabbat
Beihtiyor pichirlar qalbim
Yolgʻiz seni sevaman faqat

Yuragimdan otilgan nido
Orzularim bu choʻzar qat-qat
Togʻlar berdi shunday aks sado
Yolgʻiz seni sevaman faqat.

Ketib qoldi oʻchmas hotira
Qoʻlimdagi dasta dasta hat,
Bir yozuv bor xech tortmas hira
Yolgʻiz seni sevaman faqat.

Sevaman toki jonim chiqquncha
Sevaman toki umrim yetguncha
Sevaman toki sevgim dilga botguncha
Shaxlo koʻzlaring sevgi bilan boqquncha.

Mayli meni qiynasin xayot,
Gʻazab bilan solsin firoqqa.
Seni sevdim sevaman faqat,
Koʻmulguncha qalbim tuproqqa.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!