❤️ Sevgi haqida sherlar

Ismim yangrar soʻzlaringizda...

2.5K marta oʻqildi
Ismim yangrar soʻzlaringizda...
Siz bilmaysiz...juda yomonman,
Qalbingizga kirganman aytmay.
Yulduzimsiz...bagri osmonman,
Sizni deyman...ahdimdan kaytmay...

Siz bilmaysiz...juda qaysarman,
Yuragingiz meniki, tamom.
Mehri bulok kabi qaynarman,
Hayolingiz menda batamom...

Siz bilmaysiz...sezmaysiz hatto,
Aksim chizdim koʻzlaringizga.
Beihtiyor sogʻinchlar aro,
Ismim yangrar soʻzlaringizda...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!