❤️ Sevgi haqida sherlar

Umr daryo kabi oqaverarkan

3.1K marta oʻqildi
Umr daryo kabi oqaverarkan
Umr daryo kabi oqaverarkan,
Kunlar erta sari boqaverarkan,
Yoningda mehribon yoring boʻlsa xam,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Olovi soʻnmaskan ilk muhabbatning,
Ozori tinmaskan ilk muhabbatning,
Yozigʻi shu ekan achchiq xayotning,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Seni suyishlari tatimas ekan,
Sen deb kuyishlari tatimas ekan,
Ilk sevgiga dunyo arzimas ekan
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Tuxfasi osmonga termulgan koʻzlar,
Aytilmay, yurakka koʻmilgan soʻzlar,
Bilmadim xayotdan ne maʼno izlar,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Armonlar yoʻlimga qalashib boʻlgan,
Hijron xayotimga qasdlashib tolgan,
Visolning koʻyida adashib qolgan,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Ovutmoq istayman, taskin topilmas,
Oʻtmishim va ertam murosa bilmas,
Faqat sogʻintirar, bir bora kelmas,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!
bas endi dardlaring toʻkma,
Ertadan baxting kut, oʻtmishing soʻkma,
Yoʻq, meni ovutmoq istamang, toʻhtang,
Umr daryo kabi oqaverarkan,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!