❤️ Sevgi haqida sherlar

Muhabbatga

3.9K marta oʻqildi
Muhabbatga
Kechikding muxabbat, endi kechikding.
Senga deb atalgan yuragim oʻlgan.
Ketaver, sen uchun endi nima bor?
Umiding uzaver, sabrim xam toʻlgan.

Chaqirsam kelmading, yalinib oʻtdim,
Birgina vaslingni ravo koʻrmading.
Aldading sarobga toʻgʻrilab vaslim,
Bir bora kimsan deb xolim soʻrmading....

Kelasan, ketasan, himmating oʻrab.
Men yomon ortingdan laʼnat olaman.
Na borsan, na yoʻqsan, arosatmisan?
Ketaver bir oʻzim tanxo qolaman...

Mehrga toʻymadim, kelmadi raxming.
Armondan egildim, qilmading shavqat.
Ketaver, Egamga tavakkal qildim,
Yoʻlingdan qolmagin endi muxabbat.

Mehrimdan soʻrayman endi qadrimni,
Doʻstim bor yagona, ruhdan koʻnglim toʻq.
Ne kerak bilaman ikki olamdan,
Ketaver muxabbat, senga ishim yoʻq...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!