🌙 Tush tabiri

Tushda qamoqxona koʻrsa nima boʻladi

2 daqiqa 14.1K marta oʻqildi
Tushda qamoqxona koʻrish xafagarchilikka ishoradir.Tushidaoʻziningqamalganini koʻrgan kishi notoʻgʻri yoʻlga kiradi. Biror kishi tushida qamoqqa tushgani,oyoqlariga tayoq bilan urilganini koʻrsa, qoʻliga tayoq soniga teng miqdorda pul tushadi. Biror uyga qamalganini tush koʻrgan kishi boʻydoq boʻlsa, badavlat va koʻp farzand tugʻadigan ayolga ulanadi. Oilali boʻlsa, boshqa yaxshilik nasib etadi.

Tushda qamoqqa tushsa
Zulmga yoʻliqqan, nochor kishining qamoqxona koʻrishi duosi va qargʻishi qabul boʻlishini anglatadi.Tor yeshikdan, yopiq joydan, qamoqxona yoki shunga oʻxshash joylardan qutulib chiqqanini tush koʻrgan kishi oʻngida ham yorugʻlikka chiqadi,falokati ariydi.

Qamoqxonaga kirib u yerda bemalol oʻtirganini koʻrgan kishi oʻz tajribalari, urinishlari bilan egallay olmagan ishlarni oʻrganadi. Qamalgan kishi tushida qamoqxona eshiklarining ochiq ekanini koʻrsa, qamoqdan chiqadi.

Tushda qamoq
Tushida qamoqxona qurganini koʻrgan kishi hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi zot bilan uchrashadi. Kimdir vafot etgan biror kishining qamoqxonada ekanini koʻrsa, bu marhumning qarzi borligi, bandalik vazifalarini toʻla ado etmaganini anglatadi. Tushida davlat rahbari tomonidan qamalganini koʻrgan ayol taniqli kishi bilan turmush quradi.

Tushda qanot
Tushda koʻrilgan qanot oʻgʻil farzanddir. Qanot boylik, safar deb ham taʼbir qilinadi. Qanoti ogʻirlik qilgani, ucholmaydigan holga kelganini koʻrgan kishi gunoh qilgan boʻladi.

Tushda qalʼa
Tushida qalʼa koʻrish shahar koʻrish kabi taʼbir qilinadi. Biror kishining oʻzini qalʼa ichida koʻrishi dushmanidan ustun kelish alomatidir. Tushida qalʼa ichi da ekanini koʻrgan kishi hamma V da ishonch va sabrga suyanadi. Qalʼadan chiqqanini qaytib koʻrmaganini koʻrgan kishi din bilan aloqasini uzadi, ishidan ham ketadi. Qalʼa qurganini koʻrish kelajagini kafolatlash demak- dir.

Tushida qalʼani yiqitganini, vayron qilganini koʻrishning taʼbiri buning ziddidir. Eski qalʼalarni aylanib yurganini koʻrish manfaatdan darakdir. Tushdagi qalʼa toʻgʻrilik va taniqli zot, deb ham taʼbir qilinadi.

Tushda qaychi
Tushda qaychi koʻrish egizak yoki bir jinsli ikki bola, deb taʼbir qilinadi. Qaychi olgani, topganini koʻrgan kishining qizi boʻlsa, yana bir qiz tugʻiladi. Oʻgʻli boʻlsa, tugʻiladigan farzand ham oʻgʻil boʻladi. Tush koʻrgan kishining doʻkoni boʻlsa, yana bitta doʻkon ochadi.

Xotini bor boʻlsa, yana bir marta uylanadi. Tushda qaychi koʻrish rost va yolgʻonni ajratuvchi kishi deb ham taʼbir qilinadi.

QALAM

Tushda qalam koʻrish tush koʻrgan kishining darajasi yuqorilashi, martabasi oshishidan dalolatdir. Koʻp qalam koʻrgan kishining farzandlari va boyligi koʻp boʻladi. Qalamdon koʻrish badavlatlik, ulugʻlik, obro‘-eʼtibor, deb taʼbir qilinadi.

Bunday tush davlatmand ayol bilan tur- mush qurishiga ishora boʻlishi ham mumkin. Siyoh va qalam koʻrish oilada oʻgʻil tugʻilishidan nishonadir. Tushdagi qalam saxiylik va ezgulikdir. Shuningdek, dushmandan ustun kelish alomati ham.

QALDIRGʻOCH

Tushda koʻrilgan qaldirgʻoch uy-joyi boʻlmagan sarson-sargardon yuruvchi insonga ishoradir. Osmonda qaldirgʻochlarning aylanib yurganini koʻrgan kishi uzoq safarga chiqadi. Uyiga qaldirgʻoch in qurganini koʻrgan kishi dushmanlarini chaqiradi. Qaldirgʻoch tuxumini koʻrish oson erishiladigan boylikdir. Tushda qaldirgʻoch koʻrish ayollar uchun yaxshiroqdir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda qariya koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20193.8K
Tush tabiri

Tushda mozor koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20194.3K
Tush tabiri

Tushda oʻrgimchak koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.3K
Tush tabiri

Tushda qon koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20196.9K
Tush tabiri

Tushda chumoli koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.4K
Tush tabiri

Tushda quyosh koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20193.5K