🌙 Tush tabiri

Tushda xajga borsa nima boʻladi

2 daqiqa 6.1K marta oʻqildi
Tushda xajga borsa nima boʻladi. Biror kishi tushida haj qilganini yoki ziyorati uchun muqaddas joylarga borganini koʻrsa, turli muammolari, azoblaridan xalos boʻladi. Tush koʻrgan kishining ahvoli va martabasiga qarab taʼbirlar turlicha boʻladi. Ayol kishining hajga yolgʻiz ketganini koʻrishi nikohi bekor boʻlishini bildiradi. Haj paytida haj ziyorati uchun yoʻlga chiqqanini koʻrgan kishi boʻshatilgan lavozimiga qayta tayinlanadi.

Tushda xaj safari
Agar bu kishi safarga chiqqan boʻlsa, sog‘-salomat yoʻlida davom etadi. Tijoratchi boʻlsa, yaxshi foyda koʻradi. Bemor boʻlsa, dardiga shifo topadi. Qarzdor boʻlsa, qarzini uzadi. Hajga borgan boʻlsa, haj ziyorati nasib etadi. Haji chala qolgan kishining ishida nuqson borligi anglashiladi.

Tushda xaj ziyorati
Hajga yayov ketganini koʻrgan kishining nasibasi koʻpayadi, moʻl daromad qiladi. Haj ziyoratidan kelganini koʻrgan kishining mushkuli oson boʻladi, kasal boʻlsa, sogʻayadi. Hajga yolgʻiz ketayotganini, kishilar bilan xayrlashganini koʻrgan kishi vafot etadi. Tushida hajarul asvadni koʻrish haj ziyoratiga borishga ishoradir. Hajarul asvadga qoʻl tekkizganini koʻrgan kishiga ham haj ziyorati nasib etadi. Hajarul asvadni joyidan olib, oʻzi uchun keltirib qoʻyganini tush koʻrgan kishi bidʼatga yoʻl qoʻyayotgan boʻladi.

HAZRAT ALI

TushdahazratAlini koʻrish xosiyatlidir. Xushxabar ramzidir. Tushda hazrat Alini koʻrish dushmanlardan ustun kelish, eʼtiqodining mustahkamlanishi, saxiylik demakdir. Tushda hazrat Alini koʻrgan kishining ilmi va rizqi ziyoda boʻladi, taqvodor va mard insonga aylanadi.

QOʻRQISH

Tushda qoʻrqqan kishi oʻngida ishonchli himoyada boʻladi. Sabab boʻlmagan holda koʻrqqanini koʻrgan kishi taqvodor boʻlsa, Allohning doʻstidir. Uning mehrini qozonadi. Tush- dagi qoʻrquv yaxshilikka nooʻrindir. Noxush vaziyatlardan qutulishni koʻrsatadi. Bunda ruhiy bezovtalik boʻlmasligi shart. Toʻq qorin bilan yotmish va asabning buzilishi sabab boʻlgan qoʻrquvlarga bunday taʼbir taalluqli emas.

QOʻTOS

Tushda qoʻtos koʻrish azoblarga bardosh beradigan hech kimdan qoʻrqmaydigan bahaybat mard kishiga ishoradir. Urgʻochi qoʻtos koʻrishning taʼbiri qoramollarniki singari.

HOVUZ

Tushda koʻrilgan hovuz madaniyatli, oqila, komila ayol ramzidir. Saxiy, hammaga nafi tegadigan kishi ham hovuz orqali bildiriladi. Hovuzda suzganini koʻrish qiyinchilikka ishoradir. Shuningdek, bu holat boy kishining yonida yashash, deb ham taʼbir qilinadi. Hovuzdan suv ichgan yoki tahorat olgan kishi azoblardan qutuladi, buyuk insondan madad oladi. Hovuzning qurganini koʻrish saxiy kishining vafotiga; hovuzning toʻlib-toshganini koʻrish boylikka ishoradir. Hovuz qazdirganini koʻrgan kishining dasturxoni hammaga ochiq boʻladi. Ichida hovuzi boʻlgan xonani koʻrish farovonlik, ehtiyojlarining qondirilishi; yaxshi turmush oʻrtoq demakdir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda xojat qilsa nima boʻladi

24-noyabr, 201926.7K
Tush tabiri

Tushda xoʻkiz koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201915.8K
Tush tabiri

Tushda xammom koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.7K
Tush tabiri

Tushda tilla uzuk koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201910.3K
Tush tabiri

Tushda tarvuz koʻrsa nimani bildiradi

24-noyabr, 20196.3K
Tush tabiri

Tushda banya koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.3K