🌙 Tush tabiri

Tushda xoʻkiz koʻrsa nima boʻladi

2 daqiqa 15.8K marta oʻqildi
Tushda hoʻkiz koʻrish mol-davlat, hurmatli inson kabi koʻplab maʼnolarni ifoda etadi. Oq hoʻkiz ezgulikka moyillikni ifodalaydi. Biror kishi tushida hoʻkiz suzgani va boshqa joyga otilib ketganini koʻrsa, ishidan ayriladi. Oʻziga jarohat yetmaganini koʻrgan kishi xoʻjayinidan tanbeh eshitadi. Tushida qora hoʻkizga minganini koʻrgan kishining nufuzi ortadi.

Tushda sariq xoʻkiz
Sariq hoʻkiz vasigir kasallik alomatidir. Biror joyda koʻp ozgʻin sigir koʻrish ocharchilik va qimmatchilik boʻlishiga; semiz sigirlar koʻrish moʻl-koʻlchilik va arzonchilikka ishora sanaladi.

Biror hoʻkizni soʻyib, goʻshti tarqatilganini koʻrish taniqli kishining oʻldirilishi va mol-dunyosi talon-taroj qilinishidan darakdir. Hoʻkiz yoki sigirning oʻziga qarab kelayotganini koʻrgan kishi undan zarar yetadi, deb oʻylasa, davlat va obroʻga ega boʻladi.

Tushda qoramol
Tushdagi qoramollar yoʻllarga ishoradir. Qora va sariq qoramol quvonch. Moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlgan yillar deb ta’- bir qilinadi. Qoramolning peshanasidagi oq yilning boshidagi shiddatga, belidagi qashqa yil oʻrtasidagi qiyinchilikka, sonidagi qashqa esa yil oxiridagi sinovlarga ishoradir.

Koʻrilgan mol semiz va yogʻli boʻlsa, taqvodor ayolga, shoxli boʻlsa, eriga itoat etmaydigan rafiqaga nisbat beriladi. Sut beradigan sigir esa foydali va xayrli ayolga ishoradir. Biror kishi uyida buzogʻini emizadigan sigir borligini koʻrsa, oʻz qiziga qoʻshmachilik qiladigan ayolga ishora boʻladi.

qoplon

Tushda qoplon koʻrish dushman darak.. Qoplonning goʻshti, suti, aʼzolaridan birortasini koʻrish foydalidir. Tushida qoplonning oʻldirilishini koʻrgan kishi zolim dushmanni yengadi. Qoplon goʻshti yeganini koʻrgan kishi boylik va obroʻga ega boʻladi. Qoplonning ustiga minganini koʻrgan kishi buyuk saltanatni egallaydi. Qoplonning oʻz ustiga minganini koʻrgan kishiga mahalliy amaldor tomonidan ziyon yetkaziladi. Qoplon bilan jinsiy munosabatda boʻlganini koʻrgan kishi zolim qavmidan boʻlgan gunohkor ayolga tajovuz kiladi. Qoplon makkor insonga ishora hamdir.

Tushda qoramol koʻrsa
QOR

Tushida koʻrilgan qor rizq, manfaat, sovuq urish kasalligidan shifo topish, deb taʼbir qilinadi. Qor yogʻmaydigan faslda tushda koʻrilgan qor gʻam-anduh, qiyinchilik, kambagʻallik, ayriliqqa ishoradir. Bahorda qor yoqqanini koʻrish magʻlubiyatga; yozda esa zarar koʻrish va kasallikka ishoradir. Qor ustida uxlaganini koʻrgan kishi qamoqqa tushadi. Qor yogʻib barcha binolar, daraxtlar va insonlarning ustini qoplashi oʻsha joy xalqi boshiga keladigan kulfatga ishoradir.

QOCHISH

Tushda qochish pushaymonl ik va tavbadir. Kimdan va nima uchun qochganini bilmagan kishi tavba bilan gunohlaridan qutuladi. Bunday kishi tuhmatga uchragan boʻlsa, oqlanadi. Odam tushida nimadan qochsa, oʻngida shundan qutuladi. Tushda askarning qochishi omad, muvaffaqiyat belgisidir. Eʼtiqodsizlarning qochishi esa qochish, qutulishdir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda xammom koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.7K
Tush tabiri

Tushda xajga borsa nima boʻladi

24-noyabr, 20196.1K
Tush tabiri

Tushda xojat qilsa nima boʻladi

24-noyabr, 201926.7K
Tush tabiri

Tushda banya koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.3K
Tush tabiri

Tushda tilla uzuk koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201910.3K
Tush tabiri

Tushda echki koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.4K