🌙 Tush tabiri

Tushda xojat qilsa nima boʻladi

1 daqiqa 26.7K marta oʻqildi
Tushda xojat qilsa nima boʻladi-tushda hojatga chiqqan kishi qiyinchiliklardan qutuladi. Boy-badavlat kishi boʻlsa, zakot beradi. Tabiiy ehtiyoj qondirilayotgan joy hojatxonaga oʻxshagan joy boʻlsa, zarurati uchun ishlatadigan narsasi sharʼiy boʻlishiga ishoradir. Agar nomaʼlum joy boʻlsa, puli behuda sarflanadi. Bir yerda boʻshanib, ustini tuproq bilan yopganini koʻrgan kishi dunyoviy azoblardan xalos boʻladi, afvga erishadi.

HOJATGA CHIQISH
Tushida hojatga chiqqanini koʻrgan kishi azoblardan qutulib, roʻshnolik koʻradi. Yoki farzandi oʻqib dinshunos olim, qori boʻladi. Hojatga chiqqanini koʻrgan kishi musofir boʻladi. Musofir boʻlsa, yurtiga qaytadi. Bemor boʻlsa, shifo topadi. Hojatxona, quduq yoki nomaʼlum bir joyga boʻshanganini koʻrgan kishining qoʻliga pul tushadi.

Biror joyda boʻshanib uning ustini yopgan kishi boyligini oʻzgalardan yashiradi. Biror kishining badaniga yoki kiyimiga tegsa, gunohga botadi. Kiyimiga qon tekkanini koʻrgan kishining qoʻliga harom mol tushadi. Hayvonlarning boʻshanayotganini koʻrgan kishining qoʻliga pul tushadi. Bulgʻangan joyga oʻtirish yaxshilikka yoʻyilmaydi.

GʻAMGINLIK
Gʻamginlik gunoh qilish, deb taʼbir qilinadi. Baʼzi taʼbirchilar tushida xafa boʻlgan kishi oʻngida quvonadi, deb hisoblaydi.

GʻOR

Tushda gʻor koʻrish insonning ishonadigan kishisiga ishoradir. Gʻor koʻrish yangi lavozim va azoblardan qutulishga ishora boʻladi. Tushida gʻor koʻrgan kishi kasal yoki tutqun boʻlsa, bulardan qutuladi. Tushda koʻrilgan gʻor vahimadagi kishi uchun huzur halovatdir.

GʻAM

Biror kishi tushida oʻzini gʻamgin koʻrsa, xushxabar eshitadi. Hayoti izga tushadi. Baʼzi taʼbirchilar tushda oʻzini qaygʻuli koʻrgan kishi katta gunoh qilgan va buning uchun qattiq pushaymon boʻladi, deb hisoblaydi. Tushida gʻamlari arigani, ulardan qutilganini koʻrgan kishi gunohlari uchun tavba qiladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda tilla uzuk koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201910.3K
Tush tabiri

Tushda xajga borsa nima boʻladi

24-noyabr, 20196.1K
Tush tabiri

Tushda tarvuz koʻrsa nimani bildiradi

24-noyabr, 20196.3K
Tush tabiri

Tushda xoʻkiz koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201915.8K
Tush tabiri

Tushda axlat koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 2019158K
Tush tabiri

Tushda xammom koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.7K