🌙 Tush tabiri

Tushda tilla uzuk koʻrsa nima boʻladi

2 daqiqa 10.3K marta oʻqildi
Tushda tilla uzuk koʻrsa nima boʻladi-tushda koʻrilgan tilla uzuk joriya, maʼshuqa, mol- mulk, shuhrat qozonadigan farzandlar, boy, goʻzal va iffatli ayol, foydali soʻz, yaxshi ish, pushaymonlik deb taʼbir qilinadi. Javohirlar sotganini koʻrgan erkak ayollarning ishlarini qiladi. Ayol boʻlsa, erkaklarga koʻp pul sarflaydi. Odamlarga javohirlarni tarqatganini koʻrgan kishi xalqni toʻgʻrilikka chaqiradi,yomonlik yoʻlini toʻsadi. Tushida inju koʻrgan kishi ilm va Qurʼonni oʻrganadi. Injularni yeganini koʻrgan kishi qori boʻladi.

Tushda kumush uzuk
Tushida yoqut koʻrgan kishi tezda oila quradi, badavlat yashaydi. Homilador ayol tushida yoqut koʻrsa, oʻgʻilli boʻladi. Marjon koʻrgan kishi ham farzandli boʻladi. Tushida kumush pul koʻrgan kishining qoʻliga boylik tushadi, xizmatkor saqlaydi. Bahor faslida qoʻliga bir dirham kumush tushganini koʻrgan kishi oʻngida ham shuncha kumushga ega boʻladi.

Tushida feruza koʻrgan kishi kim bilandir janjallashadi. Tushida tilla koʻrgan kishi qiyinchiliklardan qutilib, rohatda yashaydi, martabasi ziyoda boʻladi. Tushda beshta tilla koʻrish besh vaqt namoz oʻqish deb taʼbir qilinadi.

Tushda uzuk sinsa
Kumush uzuk koʻrgan kishi badavlat boʻladi va uylanadi. Tilla uzuk koʻrgan kishi yuqori amallarni egallaydi. Tushida uzugi singanini koʻrgan kishi ega boʻlgan narsalaridan ayriladi. Latun’ va kumushdan yasalgan uzuk koʻrgan kishi hajga boradi. Zumrad koʻrgan kishi boylikka ega boʻladi.

JAYRON

Tushda jayron koʻrish yaxshi xulqli rafiqa demakdir. Jayronni soʻyganini koʻrgan kishi uylanadi. Yoki bokira qizning nomusiga tegadi. Jayronning terisini shilish zinoga yoʻyiladi.

JALLOD

Tushda jallodni koʻrish soʻkinadigan kishidir. Jallodni koʻrish gʻam-qaygʻuga, kasallikka, badal talab qilinadigan narsalarga ishoradir.

HOMILADORLIK

Ayol kishi tushida homilador ekanini koʻrsa, boyiydi; shunday tush koʻrgan erkak esa qiyinchilikka uchraydi. Har ikki holatda ham mol-davlat, deb taʼbirlovchilar ham bor. Tushda homilador boʻlish yaxshilikka yoʻyiladi. Tushda homilador ayolni koʻrish gʻam-qaygʻu va pinhon ishlarga ishoradir. Bokira qizning oʻzini homilador holda koʻrishi azob-uqubat tufayli oilasi boshiga tushadigan ogʻir kunlardan dalolatdir. Tugʻmaydigan ayolning, hoʻkizning homilador boʻlganini koʻrish ocharchilik oqibatida qiyinchilik yuzaga kelishi, yaxshi ishlar kamayib, oʻgʻirlik koʻpayishi, fitna va fasod kuchayishini bildiradi. Beva ayol va boʻyi yetgan qiz tushida homilador ekanini koʻrsa, oila quradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda tarvuz koʻrsa nimani bildiradi

24-noyabr, 20196.3K
Tush tabiri

Tushda xojat qilsa nima boʻladi

24-noyabr, 201926.7K
Tush tabiri

Tushda axlat koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 2019158K
Tush tabiri

Tushda xajga borsa nima boʻladi

24-noyabr, 20196.1K
Tush tabiri

Tushda tanga koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20195K
Tush tabiri

Tushda xoʻkiz koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201915.8K