Tushda xammom koʻrsa nima boʻladi
Tushda xammomda choʻmilsa
Hammom qamoqxona va doʻzaxga ham ishoradir. Biror kishi tushida oʻlgan odamni hammomda koʻrsa, uning egnida eski-tuski kiyimlar boʻlsa, mahram joylari koʻrinsa, bu oʻlikning zimmasida bandaning haqi borligidan dalolatdir.
Erkak-ayolning hammomda birga choʻmilayotganini koʻrish adolatning top- talishi, bidʼat va shubhali narsalarning yoyilishiga ishoradir.
Tushda banya
Hammomni boshpana qilib olgan kishi gunohga qasd qilgan boʻladi. Hammomda choʻmilganidan keyin chiqqanini koʻrgan kishi xotinining qarzi yoki qaygʻusidan qutuladi. Qorongʻi hammom qamoqxona demakdir.
Hammomda ayollar bilan birga boʻlgani, ayollarni undan qochmaganini koʻrgan kishi qiyofasi yoki jinsini oʻzgartiradi. Qadimdan hammom jahannam, hammom goʻlahi jahannam qoʻriqchisi;
HASSA
Tushda hassa koʻrish tush koʻrgan kishining boshqalardan yordam soʻrashga majbur boʻlishiga ishoradir. Doʻsti tomonidan hassa berilishi uning muhim ishda koʻmak berishini bildiradi.
HAYKAL
Tushda haykal koʻrish kuch-qudratga ishora sanaladi.
Tushida haykal koʻrgan homilador ayol oʻgʻil tugʻadi. Tushi- da haykal koʻrgan kishi mansab pillapoyasidan yuqoriga koʻtariladi. Davlat arbobi shunday tush koʻrsa, sayohatlarga chiqadi, yangi tanishlar orttiradi. Haykal yasalgani yoki tashiganini koʻrgan kishi sanʼatkor boʻlsa, vafotidan keyin ham sanʼati qadrlanadi. Oddiy kishining haykal koʻrishi yangi tanishlar orttirishiga ishoradir.
HAYZKOʻRISH
Tushida hayz boʻlganini koʻrgan ayol diniy vazifalarini toʻla bajarmayotgan boʻladi. Xotinining hayz koʻrgan erkakning ishlari qiyinlashadi. Farzand koʻrmagan ayol tushida hayz koʻrsa, farzandli boʻladi.
Tushda hammomda gʻusl qilish
GʻUSL
Tushda gʻusl qilganini koʻrish har tomonlama yaxshidir. Tushida qish kuni sovuq suv bilan gʻusl qilganini koʻrgan kishi kasal boʻladi yoki qattiq ranjiydi. Issiq suv bilan gʻusl qilish foyda, shifodan darakdir. Bayram uchun gʻusl qilganini koʻrgan kishi boʻydoq boʻlsa, uylanadi.
Gʻusl qilib yangi koʻylak kiyganini koʻrgan kishininggʻami ariydi, gʻusl qilgandan keyin eski kiyim kiygan kishining gʻam-qaygʻusi yengillashadi, ammo kambagʻallashadi. Tushda notanish ayolning gʻusl qilganini koʻrish yomgʻir yogʻishidan darakdir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!