💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalar

2 daqiqa 8.4K marta oʻqildi
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalar
COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida birinchi navbatda yaxshi kayfiyatda boʻlish tavsiya etiladi. Boisi koʻtarinki kayfiyat immunitetni yaxshilaydi. Biz eng sara latifalardan bir qanchasini siz uchun jamladik.

Peshtoqiga “Tuygʻularingizni gul orqali izhor eting!” soʻzi yozilgan gullar doʻkoniga bir yigit kiribdi.

-Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.

-Atigi bittami?

-Ha men juda kamgapman!
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarBir odam pullarini yoʻqotib qoʻyib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:

- Ey Xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman, tinmay ibodat qilaman, -deb qoʻllarini koʻkka choʻzib yigʻlab turgan ekan, bir chekkada yotgan pullarini koʻrib qolibdi.

Shunda u tezda koʻz oshlarini artib :

-Boʻldi kerak emas, oʻzim topdim, - dermish.
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarDarsda oʻqituvchi:

- Bolalar kim jannatga borishni istasa qoʻlini koʻtarsin!- debdi.

Sinfda bir bolakaydan tashqari barchasi qoʻlini koʻtaribdi. Oʻqituvchi hayron boʻlib bolakaydan:

-Sen nega qoʻlingni koʻtarmading, jannatga borishni xohlamaysanmi? – desa,

Bolakay:

-Oyim maktabdan chiqib toʻgʻri uyga kel deb tayinlaganlar! -dermish.
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarOna oʻgʻliga:

-Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, dadang ichishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?

-Men oʻqishni tashlamoqchiman!
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarBir yigit avtobusda ketayotgan ekan. Qarasa yonida goʻzal qiz turgan emish. Yigit qizga mahliyo boʻlib qolibdi. Bir payt qiz:

-Salom! -debdi. Yigit ham shosha-pisha alik olibdi. Qiz:

-Ishlar yaxshimi? Yigit:

-Raxmat, oʻzingiz yaxshimisiz? Qiz:

-Men ham yaxshi. Nima qilyabsiz? Yigit:

-Uyga ketyabman. Qiz:

-Kechqurun boʻshmisiz? Agar boʻsh boʻlsangiz kinoga borardik! Yigit:

-Ha, boʻshman. Qiz:

-Unda kechki 18:00 da qoʻngiroq qiling! Yigit:

Xoʻp boʻladi, raqamingizni ayting! –desa, qiz indamasmish. Yigit yana:

-Raqamingizni ayting! – deb qizni turtibdi.

Qiz qulogʻidan quloqchinini olib:

-Tinchlikmi aka? Nega turtasiz dermish.
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarMezbon soʻradi:

-Sizga qoʻziqorin qoʻyaymi?

-Yoʻq, men ularni faqat terishni yoqtiraman.

-Unday boʻlsa men ularni polga sochib tashlayman, siz esa terib olasiz.
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarSochingiz toʻkilyabdimi, uni asramoqchimisiz? Doʻkonimizga marhamat qiling. Bizda sochni asrash uchun chiroyli qutilar bor!
Kayfiyatni koʻtaramiz: Eng sara ichakuzdi latifalarLatifalarimiz bilan biroz boʻlsada sizni kayfiyatingizni chog’ qilgan boʻlsak, bundan bagʻoyat hursandmiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!