🎵 Qoʻshiq matnlari

Sayyod va Hayot - Bu yoʻllar

1 daqiqa 1.9K marta oʻqildi
Oʻsha yomgʻir seni mendan ayirgan,
Oʻsha bahor seni menga bogʻlagan.
Oʻsha xazon dardlarimni yangilab,
Meni senga chorlagan kuz faslidir.

Yana yomgʻir seni menga eslatar,
Shamol hidlaringni olib kelar.
Bu dard qachon tark etar meni?
Juda sogʻindim seni, unutmagin shuni.

Qaydasan ey, yuzlari gʻuncha?
Jonimi, jonimi, jonimi mani.
Qaydan izlay izlaringni?
Borim, borim, borimni mani.
Suratlaring dardga malham,
Gulim, gulim, gulimni mani.
Qanchalar bilsang eding
Sogʻinganim sani. (x2)

Qorongʻu tun,
Senla oʻtgan kunlarni eslatmoqda yana bugun.
Yuragim xun,
Suratinga termulib, hayotim boʻlmoqda yakun,
Xonam tutun.

Yuragim uzib ketding,
Qoldi oʻrnida azob.
Koʻzlaringni izlayverib, boʻlib ketdim xunob.
Koʻksimda qon,
Bormi meni bu holatdan chiqaradigan inson?

Qorongʻu xonada yolgʻiz oʻzim,
Dard ezadi tomonimdan qaqshab.
Qoʻlimda kishan, yecha olmadim nega?
Nafasim eding, bilasan,
Hayotimni olib, muzlatib ketasan.

Asrlar ham eritmas yuragimdagi muzni,
Qaytmasliging bilib, chizdim surating qalbga.
Sanadim kunlar, oy, yillar shu bilan birga,
Oʻtgan bu vaqtlarni endi ahamiyati ham yoʻq.

Bu yoʻllar ikkimiz ayiradi endi,
Bu yoʻllar bir paytlar uchrashtirgan bizni ular.
Sen ketarsan olislarga,
Men qolarman sensiz nega suratlaring bilan?

Bu kunlar sen bilan goʻzal edi oʻsha,
Bu tunlar seni sogʻinib oʻtadi, mahzun ular.
Xayollarim olib ketding,
Dardlarimga koʻmib ketding, ayt nelarga yetding?

Qaydasan ey, yuzlari gʻuncha?
Jonimi, jonimi, jonimi mani.
Qaydan izlay izlaringni?
Borim, borim, borimni mani.
Suratlaring dardga malham,
Gulim, gulim, gulimni mani.
Qanchalar bilsang eding
Sogʻinganim sani. (x2)

Qaydasan ey, yuzlari gʻuncha?
Jonimi, jonimi, jonimi mani…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!