Mavluda Asalxoʻjayeva - Ayb sendami yor

Tushunmay bir-birimizga, yana sarsonmiz,
Yoʻl topolmay koʻnglimizga, negadir hayronmiz.
Lek bir-birimizga aslida aniq muhtojmiz,
Gʻururlarimizni yengolmadikmi, bilmayman.
Boshingni egib, uzr soʻrab kelging kelmaydi,
Men ham gʻururimni sindirib borgim kelmaydi.
Nahot, gʻurur sevgidan kechishga arzimaydi?
Sinovlardan oʻta olmadikmi hech, bilmayman.
Qoldi qara, uch-toʻrt qadam ayriliqqa, yor,
Taqdir sinovlaridan oʻtmadikmi, yor?
Baxtimizdan kechish shunchalar osonmi, yor?
Ayb sendami, yor, ayb mendami, yor? (x2)
Necha kunlar oʻtsa ham, u yonimga kelmaydi,
Qoʻngʻiroq bilan bitta holim soʻray demaydi.
Negadir yolgʻizlikka yuragim hech koʻnmaydi,
Bir-birimizdan kechish shunchalar ham osonmi?
Nahotki, vaʼdalarimiz birdan unut boʻldi?
Bora-bora yurak ado boʻlib, umidlar soʻndi.
Dillarimiz tunu-kun sogʻinchlarga ham toʻldi,
Tuygʻularimiz nahotki shunchalar arzonmi?

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!