🎵 Qoʻshiq matnlari

Zohid - Alda

2K marta oʻqildi
Zohid - Alda
Sensiz zerikdim bir oʻzim,
Yolgʻiz-yolgʻiz bir oʻzim.
Eslab birga oʻtgan damlarimiz,
Qaytsin deb yana oʻsha kunlarimiz.

Yana sani jondan sevaman deb,
San mani muhabbatimsan deb.
Yuragimni har zarbi senga deb,
Soʻngra har bir soʻzlarim yolgʻon deb.

Alda, alda, alda, alda,
Aldab meni baxtli ayla.
Ayla, ayla, ayla, ayla meni baxtli.
Tunlar, tunlar bedor oʻtar edi,
Mening holimni bir kishi soʻrab kelmas edi.

U ham endi yoʻq,
Koʻnglimni koʻtarib yurar edi
U ham endi yoʻq,
Bagʻrimni toʻldirib yurar edi.

Yolgʻonlari ham endi yoʻq,
Mani baxtli qilib turar edi. (x2)

Dengiz boʻldi koʻzdagi yoshim,
Esiz, yomgʻir sirdoshim.
Meni toʻldirib turgan,
Men deb yolgʻon yoshlar toʻkkan.

Sogʻindim sani koʻzlari shahlo,
Yolgʻonlari dardimga davo.
Kel, alda tillari burro,
Sogʻinch dardim boʻlsin ado.

Bilaman-bilaman,
Bilaman-bilaman soxtaligini, (x2)
Kunlar, kunlar yolgʻiz oʻtar edi,
Mening holimga bir kishi nazar solmas edi.

U ham endi yoʻq,
Koʻnglimni koʻtarib yurar edi
U ham endi yoʻq,
Bagʻrimni toʻldirib yurar edi.

Yolgʻonlari ham endi yoʻq,
Mani baxtli qilib turar edi. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Zohida Umarova - Yurt qadri

13-aprel, 20205K