🎵 Qoʻshiq matnlari

Vohidjon Isoqov - Xalqim sizlardan xavotirdaman

2.3K marta oʻqildi
Vohidjon Isoqov - Xalqim sizlardan xavotirdaman
Qanday paydo boʻldi, tibbiyot ham lol,
Qachon yoʻqoladi – qiynaydi savol. (x2)
Bu darddan hech kimsa topmasin zavol,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Koʻzing yumgan bilan kelmaskan uyqu,
Masʼuliyat eng kuchli, eng kuchli tuygʻu.
Koʻpayib ketmasin deb bu yovuz ogʻu,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Maktabga bormagan bolalarim koʻp,
Bogʻchasin sogʻindi lolalarim xoʻb.
Qaniydi birma-bir oʻynay olsam toʻp,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Yoshi ulug‘ bobo, momolarim bor,
Ularsiz men uchun keng dunyolar tor.
Ollohim qoʻllagin, qilma bizni xor,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Necha kundan buyon koʻnglimiz xira,
Oʻzlarin oʻylaydi demangiz sira.
Ollohdan beamr kirmaydi sira,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Ollohdan sizlarni deb sogʻlik soʻrayman,
Kerak boʻlsa agar, gulga oʻrayman.
Jonim kerak boʻlsa, jonim beray man,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}

Kelinglar, birlashib dengiz boʻlinglar,
Gʻaflat uyqusidan keng uygʻoninglar.
Men uchun, men uchun uyda qolinglar,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Zohida Umarova - Yurt qadri

13-aprel, 20205K