Zohida Umarova - Yurt qadri
Darbadar kezmasa kim, yurt qadrin bilmas emish,
Musofir boʻlmaguncha musulmon boʻlmas emish. (x2)
Toma-toma koʻl boʻlur deganlari rost ekan,
To umrbod uqmasa gar, aqli ham toʻlmas emish.
Vatan tuprogʻiga bosh qoʻymaguncha xasta ham,
Hayotdan umid uzmay – jon taslim qilmas emish.
Sidqi dil zahmat birla baxt tomon ochmasang yoʻl,
Oʻzgalar soyasinda toleying kulmas emish.

To umrbod uqmasa gar, aqli ham kirmas emish.
Mushkulni chetlab, choʻchib, osonni koʻzlama hech,
El ishidan qochsa kim obroʻyi qolmas emish.
Manmanlar koʻkka sapchib, shunchalik ketar tuban,
To dakki yemaguncha oʻziga kelmas emish.
Imon-eʼtiqod ila Vataningni sev, Barot,
Inson zar, dunyo bilan baxtli boʻlolmas emish.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!