🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova - Majnuntol

2.2K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova - Majnuntol
Ketolmay anhor boʻyidan, kuyib muhabbat koʻyida,
Suryabsan yana ne xayol, majnuntol?
Yoring yoʻq hanuz yoningda, ne dardu hasrat joningda?
Qalbing och menga bemalol, majnuntol.

Oshiqsan gʻarib, oʻzingsan tabib,
Hanuz yoningda yoʻq habib.
Oʻtadi oylar, oʻtadi yillar,
Yashaysan kimni axtarib?

Ne xayol surasan, tokay jim turasan
Bir yerda, majnuntol, majnuntol?
Yashading shuncha payt, ne darding boʻlsa ayt,
Sen menga, majnuntol, majnuntol.

Koʻngilga olma, bu dunyo barchaga birday bevafo,
Umringni etma koʻp uvol, majnuntol.
Goʻzalliging koʻr, oyga boq, poyingdan oqqan soyga boq,
Yashaganing baxtku halol, majnuntol.

Oshiqsan gʻarib, oʻzingsan tabib,
Hanuz yoningda yoʻq habib.
Oʻtadi oylar, oʻtadi yillar,
Yashaysan kimni axtarib?
Ne xayol surasan, tokay jim turasan
Bir yerda, majnuntol, majnuntol?
Yashading shuncha payt, ne darding boʻlsa ayt,
Sen menga, majnuntol, majnuntol. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Zohida Umarova - Yurt qadri

13-aprel, 20205K