✍️ Sherlar

Zamon oʻzgarmadi, oʻzgaribdi odamlar

3.2K marta oʻqildi
Zamon oʻzgarmadi, oʻzgaribdi odamlar
Onasanku qizinga qara, degim keladi,
Oʻgʻildan habarsiz, otalar kuksin keradi,
Farzand tarbiyasini uvol qiladi.
Zamon oʻzgarmadi, oʻzgaribdi odamlar.

Yelka ochiq qishda qirovda,
Eri yurar chetda, muzda, olovda,
Qimor oʻynar hotin quyib garovda.
Zamon oʻzgarmadi, oʻzgaribdi odamlar.

Aka uka kunda qir pichoq.
Sudlashib bir birin qilishar soʻroq,
Oqibat bu, ularga jumboq,
Zamon oʻzgarmadi oʻzgaribdi odamlar.

Qassob quchqor deb, eshshak goʻshtini sotar,
Mullalar pul uchun iymonin sotar,
Keyov bosh yegib, kelinga salomlar aytar.
Zamon oʻzgarmadi oʻzgaribdi odamlar.

Hokimman deydi anavi "hokim",
Oʻzida saboq yoʻq, dilidir zolim,
Bandalaringni kechir hudoyim,
Zamon oʻzgarmadi oʻzgaribdi odamlar.

Oyogʻing qiyshaysa gʻiybatga nishon,
Tiling gar adashsa, kulfatdir ishon,
Tugʻri yulga boshlovchi bormikan biron,
Zamon oʻzgarmadi, oʻzgaribdi odamlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!