✍️ Sherlar

Mendan ibodatu Sendan ijobat

2.6K marta oʻqildi
Mendan ibodatu Sendan ijobat
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yolgʻiz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi Oʻzing,
Umrimni, rizqimni berguvchi Oʻzing,
Imonimni butun etkuvchi Oʻzing –
Yolgʻiz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkoim, Parvardigorim
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!