Yuragim bezovta uxlolmayapman

Yuragim bezovta uxlolmayapman,
Eng yaqin kishimni yoʻqlolmayapman,
Oʻpkam toʻlib ketdi yostiq quchoqlab,
Yigʻlagim kelyapti...Yigʻlolmayapman...
Boʻgʻzimga tiqilib ketyapti faryod,
Koʻzimga qum sochib chalgʻitar hayot,
Qalbimda gʻalayon, hayotim barbod,
Chidagim kelyapti... Chidolmayapman...
Bechora yuragim ezilgan anjir,
Oyogʻi qoʻlimda kishanli zanjir,
Oʻzimga ozgina tasalli - Sabr,
Tilagim kelyapti, tilolmayapman...
Adogʻin topmadim armonim sanab,
Kimga zarar berdim, yana kimga naf
Umrimda bir marta odamga oʻxshab,
Yashagim kelyapti, yasholmayapman...
Osmonga tikkancha nigohlarimni,
Yumaman gʻamgusor qarogʻlarimni,
Shudringga choʻktirib yanoqlarimni,
Yigʻlagim kelyapti... yigʻlolmayapman....
Yuragim bezovta, uxlolmayapman....
Eng yaqin kishimni yoʻqlolmayapman,
Oʻpkam toʻlib ketdi yostiq quchoqlab,
Yigʻlagim kelyapti...Yigʻlolmayapman...
Boʻgʻzimga tiqilib ketyapti faryod,
Koʻzimga qum sochib chalgʻitar hayot,
Qalbimda gʻalayon, hayotim barbod,
Chidagim kelyapti... Chidolmayapman...
Bechora yuragim ezilgan anjir,
Oyogʻi qoʻlimda kishanli zanjir,
Oʻzimga ozgina tasalli - Sabr,
Tilagim kelyapti, tilolmayapman...
Adogʻin topmadim armonim sanab,
Kimga zarar berdim, yana kimga naf
Umrimda bir marta odamga oʻxshab,
Yashagim kelyapti, yasholmayapman...
Osmonga tikkancha nigohlarimni,
Yumaman gʻamgusor qarogʻlarimni,
Shudringga choʻktirib yanoqlarimni,
Yigʻlagim kelyapti... yigʻlolmayapman....
Yuragim bezovta, uxlolmayapman....
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!