Oʻktam Kamolov - Ayol qirolichadir

Ayolni hurmat qil, ayolni sevgin,
Har kuni sovgʻalar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Axir ayol – ona, opa-singlingdir,
Jufti halolingdir, yorug‘ yuzingdir.
Jondan yaxshi koʻrgan ona qizingdir,
Bu farishtalarni qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Qoʻl koʻtarma unga, ojizadir u,
Suvda oʻchmas olov, nargizadir u.
Xudoyim yaratgan moʻjizadir u,
Ayolga quvonch ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Uyda ayol borki, koʻnglimiz toʻqdir,
Bemalol yuramiz, havotir yoʻqdir.
Unutma, ayolning duosi oʻqdir,
Duosini olgin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Qoyil qolmay iloj yoʻq sabriga,
Erkak boʻlib, malham boʻlgin dardiga.
Uyat boʻlar gar, yetmasak qadriga,
Ayolga yordam ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Joni qirqta dema, bittadir joni,
Yonida tur, boʻlib togʻdek qalqoni.
U qirolicha, sen esa sultoni,
Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Ayolni hurmat qil, ayolni sevgin,
Har kuni sovgʻalar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak!
Har kuni sovgʻalar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Axir ayol – ona, opa-singlingdir,
Jufti halolingdir, yorug‘ yuzingdir.
Jondan yaxshi koʻrgan ona qizingdir,
Bu farishtalarni qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Qoʻl koʻtarma unga, ojizadir u,
Suvda oʻchmas olov, nargizadir u.
Xudoyim yaratgan moʻjizadir u,
Ayolga quvonch ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Uyda ayol borki, koʻnglimiz toʻqdir,
Bemalol yuramiz, havotir yoʻqdir.
Unutma, ayolning duosi oʻqdir,
Duosini olgin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Qoyil qolmay iloj yoʻq sabriga,
Erkak boʻlib, malham boʻlgin dardiga.
Uyat boʻlar gar, yetmasak qadriga,
Ayolga yordam ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Joni qirqta dema, bittadir joni,
Yonida tur, boʻlib togʻdek qalqoni.
U qirolicha, sen esa sultoni,
Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)
Ayolni hurmat qil, ayolni sevgin,
Har kuni sovgʻalar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.
Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!