🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Usmonova - Begim

2.3K marta oʻqildi
Nilufar Usmonova - Begim
Ruhiyatim qoplaganda qish fasli,
Hayotimga bahor olib kelgansan.
Hech bir dono tabib emas, sen asli
Dardlarimga davo boʻlib kelgansan.

Sadoqatli doʻstim boʻlib doimo,
Eng kerak payt boʻlolding yonimda.
Sen borsanki, menga nadir muammo,
Dard ham azob berolmaydi jonimga.

Azizim, yaqinim, borligʻim, yolgʻizim,
Sultonim, mani begim.
Men senga baxsh etaman yuragim, hayotim,
Mehribonim, mani jonim.

Bir sen sabab yuragimda uygʻondi
Muhabbatim betakror bir gʻunchasi.
Bu sevgidan koʻngil endi, dil endi
Ochilib ham ketdi qalb tugunchasi.

Mana bugun uchmoqdaman sen bilan
Sevgining yettinchi osmonlarida.
Ishonaman, qachonlardir yozilar
Bizning sevgi ham baxt dostonlarida.

Azizim, yaqinim, borligʻim, yolgʻizim,
Sultonim, mani begim.
Men senga baxsh etaman yuragim, hayotim,
Borimni, borimni.

Azizim, yaqinim, borligʻim, yolgʻizim,
Sultonim, mani begim.
Men senga baxsh etaman yuragim, hayotim,
Mehribonim, mehribonim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Isliyo guruhi - Unut boʻldimi

16-aprel, 20201.8K
Qoʻshiq matnlari

Nilufar Saidova - Sen uchun

16-aprel, 20201.2K