🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Xatlar

1.8K marta oʻqildi
Shohruhxon - Xatlar
Ortga qaytdi, olis-olis uchgan qushlar,
Qaytdi yana ortga yozu-qishlar.
Ammo qaytmas senga yozgan xatlar,
Nega, bilmam?

Balki u senga yetmay yoʻlda qoldi
Yoki xatlarimni oʻzga oldi.
Sendan javob kutib koʻzim toldi,
Dilda armon qoldi.

Xatlar toʻla dardlarim,
Dardlar toʻla xatlarim.
Yigʻlar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Senga yetmas, senga yetmas
Afsus, yorim.

Xatlar toʻla dardlarim,
Dardlar toʻla xatlarim.
Yigʻlar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Qalbim bosdim, senga yozdim
Yurak zorim.

Maktublarim uzra ketgan edi qalbim,
Endi yurak-bagʻrim ezar dardim.
Yillar oʻtdi qancha, sendan kelmas
Javob, yorim.

Koʻklarda parvoz aylar oqqush bari,
Oppoq varaq kabi qanotlari.
Nogoh qora koʻrsang qanotida,
Bilgin, u mening xatlarim.

Xatlar toʻla dardlarim,
Dardlar toʻla xatlarim.
Yigʻlar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Senga yetmas, senga yetmas
Afsus, yorim.

Xatlar toʻla dardlarim,
Dardlar toʻla xatlarim.
Yigʻlar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Qalbim bosdim, senga yozdim
Yurak zorim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Nilufar Saidova - Sen uchun

16-aprel, 20201.2K
Qoʻshiq matnlari

Isliyo guruhi - Unut boʻldimi

16-aprel, 20201.8K