🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohjahon Joʻrayev - Keraksan menga

4.1K marta oʻqildi
Shohjahon Joʻrayev - Keraksan menga
Gumonda yonmasin aslo xayoling,
Koʻksimdagi urgan yuraksan menga.
Zarurdan ham zarur har dam visoling,
Keragidan ortiq keraksan menga. (x2)

Yonimda boʻl har on, ketmagin yiroq,
Yoʻqsa, tamom qilar bu oʻtli firoq.
Meni sen ardoqla hammadan koʻproq,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Keragim bormi, deb aytmagin zinhor,
Axir sensiz menga keng dunyo tor.
Baʼzan beparvoman, lek tushun, ey yor,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Baʼzan beparvoman, lek tushun, ey yor,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Yonimda boʻl har on, ketmagin yiroq,
Yoʻqsa, tamom qilar bu oʻtli firoq.
Meni sen ardoqla hammadan koʻproq,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Sevmaydi deb gʻamlar yutma behuda,
Tunlar koʻz yoshingga botma behuda.
Men seni oʻylayman hatto uyquda,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Soʻz bilan oʻlchanmas axir chin tuygʻu,
Jim sevsam ham, lek bu ishqim mangu.
Bilasan, men sensiz yasholmaymanku,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Yonimda boʻl har on, ketmagin yiroq,
Yoʻqsa, tamom qilar bu oʻtli firoq.
Meni sen ardoqla hammadan koʻproq,
Keragidan ortiq keraksan menga.

Keragidan ortiq keraksan menga…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!