🎵 Qoʻshiq matnlari

Malika Ravshanova - Dadajonim

7.3K marta oʻqildi
Malika Ravshanova - Dadajonim
Siz men uchun eng yaxshi inson,
Buni har kuni aytaman, dada.
Borligingiz oʻzi baxtligin
Sezdim qayta-qaytadan, dada.

Ogʻrib qolsam, devorni mushtlab,
Koʻzingizda yoshingiz ushlab,
Yugurdingiz davolar istab,
Duo soʻrab hammadan, dada,
Shifo soʻrab Allohdan, dada.

Ey dadajonim, bir baland togʻim dadam,
Qadri osmonim, mevali bogʻim dadam.
Ey dadajonim, dard koʻrmang, koʻrmang alam,
Dardga darmonim, dadajonim.

Mard-u nomard ogʻritsa dilim,
Ket, dadamga aytaman, dedim.
Sizsiz mening quvvatim, kuchim,
Siz bor nega qoʻrqaman, dada?

Bolalikda oʻtgan chog‘ uchun,
Holva uchun, oʻyinchoq uchun,
Issiq uyda shirin choy uchun,
Sizga rahmat aytaman, dada.

Ey dadajonim, bir baland togʻim dadam,
Qadri osmonim, mevali bogʻim dadam.
Ey dadajonim, dard koʻrmang, koʻrmang alam,
Dardga darmonim, dadajonim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!