🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova - Folbin (Iymondan kechib)

2.5K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova - Folbin (Iymondan kechib)
[Nilufar Usmonova]
Ona yer, sen bizni kechirasanmi?
Ustingdan turfa xil fitnalar qildik.
Gohida nafs uchun, goh boylik uchun,
Shaytonni mot qilar hiylalar qildik. (x2)

[Ulugʻbek Rahmatullayev]
Toʻxtamay yugurdik nafsimiz uchun,
Baxtsizlar yaraldi baxtimiz uchun.
Ustimizga ilib kibr libosin,
Koʻz-koʻz qilmoq uchun jilvalar qildik. {x2}

[Ulugʻbek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolgʻon foliga uchib,
Tap tortmay harom yeb va harom ichib.

Vijdondan, iymondan, insofdan kechib,
Sariq chaqamizni tillalar qildik. (x2)

[Ulugʻbek Rahmatullayev]
Odam boʻlib, odam sotganlarni koʻr,
Yolgʻon botqogʻiga botganlarni koʻr.

Kundan kunga yaqin kelsa hamki goʻr,
Har kun oʻyin-kulgu, yallalar qildik. (x2)

[Nilufar Usmonova]
Bagʻringga boramiz bir kun xor boʻlib,
Yotamiz duoga muhtoj, zor boʻlib.
Yigʻlaylik yolvorib, tavbalar qilib,
Tavbasi yoʻqlarning holini koʻrdik. (x2)

[Ulugʻbek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolgʻon foliga uchib,
Tap tortmay harom yeb va harom ichib.

Vijdondan, iymondan, insofdan kechib,
Sariq chaqamizni tillalar qildik. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!