✍️ Sherlar

Odamzot yuz oʻgirsa, xafa boʻlmadim

3.6K marta oʻqildi
Odamzot yuz oʻgirsa, xafa boʻlmadim
Odamzot yuz oʻgirsa, xafa boʻlmadim.
Qalbimga oʻq urishsa, aslo oʻlmadim.
Oyoqlarimni kesib, koʻzimga hanjar,
Boʻynimga shamsher tortsa, Haqdan toymadim.

Behisob neʼmatlarga oʻrab tashlagan,
Allohdek zotdan kulib, xato gʻashlagan,
Boriga qanoatsiz, koʻzin yoshlagan,
Odamzot yuz oʻgirsa xafa boʻlmadim.

Hasad qilib yoʻlimga, tikonlar ekib,
Gʻiybat qilib koʻzlarga, yolgʻonlar sepib,
Koʻrolmay dushman yorlar, yoʻlimni bekib,
Qalbimga oʻq urishsa aslo oʻlmadim.

Qon koʻzyoshlarimga tupurishsalar,
Majburan dimogʻga quyishsa zahar,
Oyoqlarimni kesib koʻzimga hanjar,
Buynimga shamsher tortsa, Haqdan toymadim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!