✍️ Sherlar

Yuqmaydi

2K marta oʻqildi
Yuqmaydi
Alloh bermasa ruhsat,
Bandaga yetmas zahmat,
Duo qilaylik har-vaqt,
Eshitguvchi saqlaydi,
Vabo...balo yuqmaydi!.

Tahoratda yurganlar,
Sajdaga bosh qoʻyganlar,
Haqdan panoh soʻrganlar,
Koʻngli alam yutmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.

Pok iymonda yashagan,
Gunoh ishni tashlagan,
Haqqa koʻzni yoshlagan,
Yomon kasal tutmaydi,
Virus balo yuqmaydi!.

Tozalik asli Islom!...
Moʻminlik sharaflik nom,
Ahli qurʼon hotirjam,
Bizni mish-mish bukmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.

Kelsa-kelmasa oʻlat,
Barchaga bir kun rihlat,
Sirot kutar! ohirat,
Taqvosi bor choʻkmaydi,
Virus balo yuqmaydi!.

Tahajjudda yigʻlaylik,
Shaʼriy sabab qilaylik,
Ihlos bilan tilaylik,
Muslim! umid uzmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!