✍️ Sherlar

Diydor shirin

8.6K marta oʻqildi
Diydor shirin
Sabr qilib yengsa boʻlar sinovlarni.
Ammo yaqinlardan ayro boʻlmoq qiyin.
Mexr istab qucholmaysan birovlarni.
Eng bebaxo neʼmat asli diydor shirin.

Kunlar kutib oʻtiribmiz "uyda qolib".
Yonginamda otam ostonasiga yetolmayin.
Sogʻinchlardan ketdi axir yurak toʻlib.
Bu dunyoda eng bebaxo diydor shirin.

Qaytib kelsin yurtimizga tinchligimiz.
Qaytsin oʻsha zavqqa toʻla kunlarimiz
Bagʻrida quvnab yayraylik yaqinlarimiz.
Eng yoqimli neʼmat asli diydor shirin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!