✍️ Sherlar

Koʻnglim yigʻlaganda qayda edingiz?

23.7K marta oʻqildi
Koʻnglim yigʻlaganda qayda edingiz?
Balki kimsa topmas joyda edingiz,
Dengiz tubida yo oyda edingiz,
Kechalar Xudo deb oʻrtanib zor-zor,
Koʻnglim yigʻlaganda qayda edingiz?...

Ochimdan oʻlmadim chiqmadi jonim,
Kimni ham boy qilgan bir burda noni,
Shukur, sinovlardan oʻtdi iymonim,
Qadrim yigʻlaganda qayda edingiz?...

Borimda bulogʻim dedingiz Kavsar,
Yoʻgʻimda sizmasmu? yuz burgan ovsar,
Doʻst tutib lahzada kechgan al hazar,
Qoʻlim yigʻlaganda qayda edingiz?...

Ortimdan soyaday pinhon kuzatgan,
Chap berib oʻzimni chohga qulatgan,
Otgan siz, men oʻsha sodda, uzatgan,
Gulim yigʻlaganda qayda edingiz?...

Odamiylik sizga shunchaki oʻyin,
Odamni chin bilish ekanda qiyin,
Yetar, xayotimdan endi daf boʻling,
Baxtim yigʻlaganda qayda edingiz?
Diydor, yigʻlaganda qayda edingiz?...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!