💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa

1 daqiqa 4.2K marta oʻqildi
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa
Shaxmatning qadimgi Hindistonda paydo boʻlganini hamma biladi. Ammo kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan yana bir necha narsalar haqida biz bilmagan edik.

Kalyan
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa
Kalyanni hamma Misr yoki Turkiyada paydo boʻlgan, deb hisoblaydi. Ammo aniqlanishicha, bunday emas ekan, kalyian Hindistonda paydo boʻlgan, keyinchalik esa ulardan forslar ham foydalanganlar. Ana shundan keyingina u barcha arab mamlakatlariga tarqalgan. Hozirda esa kalyan turk bozorlari va Misr qahvaxonalarining ajralmas atributiga aylangan.

Shakar
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsaShakarning vatani ham Hindiston hisoblanadi. Qadim zamonlarda – hali yevropaliklar yovvoyi asalarilarning bolini yigʻishni bilmaganlarida hindlar shakar qamishdan shirin kristallar olishni bilar edilar.

Plastik jarrohlik
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsaKoʻpchilik tibbiyotning otasi Gippokrat boʻlib, meditsina Yunistonda paydo boʻlgan, deb hisoblaydi. Aslida esa qadimgi hind tabiblarining bilimlari ularninkidan ancha ustun edi. Masalan, burun va quloq shaklini oʻzgartirish boʻyicha ilk plastik jarrohlik eramizdan 2 ming yil avval Hindstonda amalga oshirilgani haqida hujjatli manbalar mavjud.

Shampun
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsaYevropaliklarga boshlarini shampun bilan yuvoshni esa hind tadbirkor oʻrgatgan. Hindlar bundan besh ming yil avval ishqor bilan iforli yogʻlarni alalashtirib, shampun tayyorlashni oʻrganishgan. Hindlar uchun bu oddiy gigiyena vositasi edi. 19-asrda bengaliyalik Seyk Muhammad Angliyada choʻmiladigan joylar tarmoqlarini ochib, u yerda hindlar uchun kundalik yuvinsh vositasi hisoblangan shampunlardan foydalana boshlagan. Shu tariqa bu vosita Yevropa boʻylab tarqalgan.

Cizgʻich
Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsaHa, chizgʻich kabi eng oddiy narsani ham birinchi boʻlib hindlar oʻylab topganlar. Eramizdan 2400 yil avval mavjud boʻlgan Hindistonning qadimgi Lotali shahri qazish ishlarida eng qadimgi qurilish chizgʻichi topilgan. U fil suyagidan qilingan boʻlib, 1,8 mm dan boʻlib chiqilgan edi. Boʻlinmalar aniq belgilanganligini zamonaviy olimlar yuqori baholaganlar.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!